Superhujumchini qo‘lga kirita olmagan “Barsa” boshqasiga aloqaga chiqdi
Xans-Diter Flik qo‘l ostida ketma-ket ikkinchi marta Ispaniya chempionligiga sazovor bo‘lgan “Barselona” yozgi transferlar oynasi vaqtida hujum chizig‘iga “Atletiko” forvardi Xulian Alvaresni olib kelmoqchi edi.
Kataloniyaliklar transferni amalga oshirishdagi qiyinchiliklar tufayli bu rejasini ro‘yobga chiqara olmadi. Shundan so‘ng, Deku rahbarligidagi sport bo‘limi “Chelsi” forvardi Joao Pedroni sotib olish variantiga e’tibor qaratdi.
Bu haqida Mundo Deportivo xabar bermoqda.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, kataloniyaliklar braziliyalik futbolchining vakillari va agentlari bilan aloqaga chiqqan. Ehtimoliy transfer “Barselona”ga 70 million yevroga tushishi mumkin, bu esa Alvares transferiga nisbatan arzonroq hisoblanadi.
Agar “Chelsi” evrokuboklarga yo‘llanma ololmasa, Kataloniya klubi Pedroni sotib olish bo‘yicha harakatlarni kuchaytiradi.
Joriy mavsumda “Chelsi” forvardi barcha musobaqalarda 48 ta o‘yinda qatnashib, 20 ta gol va to‘qqizta golli uzatma mualliflik qildi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2033 yil yozigacha mo‘ljallangan.
Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 75 million yevroni tashkil etadi.

Fikrlar