
Superklub 8 nafar o‘yinchisidan voz kechadigan bo‘ldi. Ularning aksariyati taniqli yulduzlar!
“Yuventus”ni chempion qilishga bel bog‘lagan yangi bosh murabbiy Tiaggo Motta ishni tarkibni tozalashdan boshlamoqchi.
Italiyalik murabbiy yangi loyihani boshlash uchun jamoadagi yoshi katta futbolchilardan qutilish kerakligini ta’kidlamoqda.
Motta tomonidan tuzilgan va birinchilardan bo‘lib jamoani tark etigi kerak bo‘lgan o‘yinchilar ro‘yxatiga Federiko Keza, Voytsex Shchesni, Uenston Makkeni, Mattia de Shilo, Artur Melo, Filip Kostich, Daniele Rugani va Xans Nikolussi-Kavilya kiritildi. Bu o‘yinchilardan bir nechtasi tarkibdan chiqarildi.
Transferga qo‘yiladigan o‘yinchilar orasida Federiko Keza eng qimmat aktiv hisoblanadi. Bu futbolchining o‘zi Turin klubini tark etish istagini bildirdi.
Hozir Kezaga “Chelsi” va “Tottenxem” da’vogarlik qilmoqda. Bu transfer “Yuventus”ga 40 million evro olib kelishii kutilyapti.
Umuman olganda, turinliklar bosh murabbiy voz kechgan o‘yinchilar trasnferidan 130-150 million evro ishlab olishni mo‘ljallagan.
Fikrlar