
Superklub “Real” yulduzi uchun katta xarajat qiladigan bo‘ldi
“Real”ning universal himoyachisi David Alaba faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
Todofichajes nashrining yozishicha, “Manchester Yunayted” transferi bozori yopilgunga qadar 31 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishni istayapti.
Manbaga ko‘ra, manchesterliklar avstriyalik futbolchi uchun “Qirollik klubi”ga 40 million evro taklif qilishni rejalashtirmoqda.
David Alaba o‘tgan mavsum maydonda kam ko‘rindi. Ispaniya chempionatida 23 ta o‘yin o‘tkazgan futbolchi bitta gol va uchta assist muallifi bo‘ldi.
Uning madridliklar bilan hamkorligi 2026 yilning yarmigacha davom etishi belgilangan.
Fikrlar