
Superkompyuter 2022/23 yilgi mavsum La Ligada qaysi jamoa g‘alaba qozonishini bashorat qildi. “Real” yoki”Barsa”?
“FiveThirtyEight” nashri superkompyuter orqali La Liganing 2022/23 yilgi mavsumda qaysi jamoa g‘alaba qozonishi mumkinligini aniqladi.
Xabarlarga ko‘ra, “Real”ning chempionatda g‘alaba qozonish imkoniyati 39%. "Barselona"ning ligada g‘alaba qozonish imkoniyati esa atigi 25% deb ko‘rsatilgan. Kompyuter Kataloniya grandi yozda ko‘plab xaridlarni amalga oshirgan bo‘lsa-da, ikkinchi o‘rinni egallashiga ishonchi komil.
"Atletiko" (12%) va "Vilyarreal" (8%) mos ravishda uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlarni egallashi mumkinligi aytilgan.
Biroq, bu kabi bashoratlarga hali erta, chunki yangi mavsum uchun hech bir jamoa bitta o‘yin o‘tkazishga ham ulgurmagan.
Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan mavsumda superkompyuter "Barselona"ni La Ligada g‘olib chiqishini bashorat qilganda, ammo yakunda bunday bo‘lib chiqmadi.
Keyinchalik esa bu tizim "Real" chempion bo‘lishi mumkinligi borasida taxminlarini bildirgan edi va bu amalda o‘zini oqladi.
Fikrlar