Superkompyuter O‘zbekistonning “JCh-2026”dagi imkoniyatini qanday baholadi?
2026 ylning 11 iyunidan 19 iyuliga qadar AQSh, Kanada va Meksikaning jami 16 ta shahrida futbol bo‘yicha navbatdagi jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.
FIFA qaroriga ko‘ra, musobaqada ilk bor 48 mamlakat terma jamoalari ishtirok etadi. Hozirga qadar turli qit’alardan jami 41 ta terma jamoa mundial yo‘llanmasini hal qilib bo‘lgan.
Keyingi yilning mart oyidagi FIFA kunlarida qolgan ettita yo‘llanma egalari nomi aniqlanadi.
Saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, jahon chempionatiga borish masalasini ijobiy hal qilgan O‘zbekiston, Iordaniya, Karasao va Kabo-Verde terma jamoalari o‘z tarixida ilk bor futbol olamining eng nufuzli musobaqasida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
2026 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionati qur’asi 5 dekabr kuni Vashington shahridagi Kennedi nomidagi Ijro san’ati markazida bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston uchinchi savatga joylashtirilgan.
Bu tadbir oldidan statistik tadqiqotlarga Opta markazi superkompyuter terma jamoalarning bo‘lajak jahon chempionatidagi imkoniyatlariga baho berdi.
Kuchli sun’iy intellekt bilan jihozlangan superkompyuter hisob-kitoblariga ko‘ra, bo‘lajak mundialda Ispaniya terma jamoasining g‘olib chiqish imkoniyati yuqori baholandi. Ispanlarning chempion bo‘lish imkoniyati 17 foizga teng ekani aytilmoqda.
Kilian Mbappe etakchiligidagi Frantsiya milliy terma jamoasining g‘olib chiqish ehtimoli 14,1 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, Angliya terma jamoasi 11,8 foiz holatda jahon kubogiga ega chiqishi mumkin ekan.
2022 yili Qatarda o‘tkazilgan jahon chempionatida bosh sovrinni qo‘lga kiritgan Argentina terma jamoasi Opta reytingida 8,7 foiz imkoniyat bilan to‘rtinchi qatorda qayd etilgan. Avvalgi mundialda Lionel Messi etakchiligidagi argentinaliklar finalda Frantsiya bilan 3:3 hisobida durang o‘ynab, penaltilar seriyasida g‘alabani ilib ketgan edi.
Xo‘sh, Opta statistka markazi superkompyuteri O‘zbekiston milliy terma jamoasining tarixiy jahon chempionatidagi imkoniyatini qanday baholadi?
Sun’iy intellekt yordamida maxsus algoritmlar asosida amalga oshirilgan hisob-kitob o‘zbek futbolchilarining debyut mundialda g‘olib chiqish imkoniyati 0,2 foizni tashkil qilganini ko‘rsatdi.
2026 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionati qur’asi 5 dekabr kuni Vashington shahridagi Kennedi nomidagi Ijro san’ati markazida bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston uchinchi savatga joylashtirilgan.
Ta’kidlash joizki, bo‘lajak jahon chempionatida O‘zbekiston milliy terma jamoasi guruh bosqichidan chiqishni asosiy maqsad sifatida belgilagan. Futbolchilarimiz italiyalik mutaxassis Fabio Kanavvaro qo‘l ostida tayyorgarlik ko‘rmoqda.
O‘zbekiston terma jamoasi tayyorgarlik jarayoni davomida ikkita xalqaro turnir – Markaziy Osiyo mamlakatlari futbolchilari ishtirokidagi “ CAFA Nations Cup - 2025” hamda jahon chempionatiga yo‘llanma olgan Misr, Kabo-Verde va Eron terma jamoalari qatnashgan “Al-Ain International Cup - 2025” xalqaro turnirida g‘olib chiqdi.
Nuri Shaxin Shomurodov uni qanday hayratga solganini aytdi
Alamli mag‘lubiyatdan keyin Husanovning o‘yini qanday baholandi?
O‘zbekistonning jahon chempionatidagi g‘alabasiga qanday munosabat bo‘ldi?



Fikrlar