
Superliga. 4 ta gol urilgan bahsda "Qizilqum" 3 ochko egasiga aylandi
Superliga 11-turidan o‘rin olgan "Qo‘qon-1912" - "Qizilqum" uchrashuvi yakunlandi. Unda mehmonlar 3:1 hisobida zafar quchdi.
Mehmonlar safida gollarga Temurxo‘ja Abduholiqov, Aleksandar Stanisavlevich va Pol Komolafe mualliflik qildi. Mezbonlarning yagona va super goli Javohir Siddiqov hisobiga qayd etildi.
Shu tariqa, "Qizilqum" ochkolari sonini 20 taga etkazib, 4-o‘ringa chiqib oldi. "Qo‘qon-1912" hisobida 10 ochko mavjud bo‘lib, jamoa 10-pog‘onani band etgan.
Fikrlar