
Superliga. Bugun 4-turning markaziy uchrashuvi bo‘lib o‘tadi
Kecha O‘zbekiston Superligasi 4-tur uchrashuvlariga start berildi. Kun davomida "Andijon" o‘z maydonida "Mash’al" bilan durangga imzo chekkan bo‘lsa, "So‘g‘diyona" "Surxon" ustidan g‘alaba qozondi.
Bugun yana 3 ta o‘yin o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Dastlab, 16:15 da "Qo‘qon-1912" poytaxtdan tashrif buyurgan "Bunyodkor"ni qabul qilsa, 18:30 da amaldagi chempion "Paxtakor" o‘z maydonida "Metallurg"ni sinovdan o‘tkazadi.
Xuddi shu vaqtda 4-turning markaziy uchrashuvi ham start oladi. Olmaliqda AGMK jamoasi Namanganning "Navbahor"ini mehmon qiladi.
Fikrlar