Superliga. Bugun autsayderlar o‘ynaydi
Bugun Superligada 23-tur uchrashuvlari davom ettiriladi. Jumladan, “Surxon” o‘z maydonida “Qizilqum”ni qabul qilsa, “Turon” poytaxtda “Bunyodkor” mehmoni bo‘ladi.
Ayni damda “Surxon” (13) va “Turon” (14) musobaqa jadvalining quyi pog‘onalarida bormoqda. Elitada jon saqlash uchun kurashayotgan jamoalarning bugungi raqiblari – “Qizilqum” 8-o‘rinda, “Bunyodkor” esa 6-o‘rinni egallab turibdi.
Termizdagi o‘yin soat 15:30 da, Toshkentdagi o‘yin esa 18:15 da boshlanadi.



Fikrlar