Superliga. Bugun Namanganda va Navoiyda o‘yinlar bor
Bugun O‘zbekiston Superligasida 3-tur o‘yinlari davom ettiriladi.
Kunning markaziy o‘yini Namanganda bo‘lib o‘tadi. "Navbahor" o‘z maydonida Qarshining "Nasaf" jamoasini qabul qiladi. O‘yin 18:30 da start oladi.
Shuningdek, Superligada hali ochko yo‘qotmagan ikkinchi jamoa "So‘g‘diyona" safarda Hamidjon Aktamov boshchiligidagi "Qizilqum" mehmoni bo‘ladi. Ushbu bahs ham 18:30da boshlanadi.



Fikrlar