
Superliga. Bugun “Neftchi” va “Nasaf” qaysi rangli liboslarda maydonga tushadi?
Bugun Superliga 1-tur doirasidagi “Neftchi” - “Nasaf” uchrashuvi oldidan har ikkala klub rasmiylari ishtirokida yig‘ilish (miting) ham bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish “Istiqlol” stadionida o‘tkazildi.
Mitingda bir qator tashkiliy masalalar qatori, bugungi bo‘ladigan “Neftchi” -“Nasaf” uchrashuvida jamoalar qanday liboslarda maydonga tushishi haqida ham o‘zaro kelishib olindi.
Demak, bugun “Neftchi” futbolchilari qizil-ko‘k rangli liboslarda maydonga tushadi. “Nasaf” jamoasi futbolchilari esa ko‘k rangli liboslarda maydonga tushadigan bo‘lishdi.
Eslatib o‘tamiz, “Neftchi” – “Nasaf” uchrashuvi bugun “Istiqlol” stadionida soat 20:00da boshlanadi.
Fikrlar