Superliga: Bugun "So‘g‘diyona", "Nasaf" va "Lokomotiv" o‘ynaydi
Bugun Superliga 17-turining oxirgi bahslari bo‘lib o‘tadi.
Dastlabki o‘yin Termizda 16:45da boshlanadi. Unda "Surxon" Jizzaxning "So‘g‘diyona"sini qabul qiladi.
Keyingi uchrashuvlar 19:00ga belgilangan. "Nasaf" "Turon" maydoniga safar uyushtirsa, "Qizilqum" Toshkentning "Lokomotiv"i bilan kuch sinashadi.
Superliga, 17-tur
16:45. "Surxon" - "So‘g‘diyona"
19:00. "Turon" - "Nasaf"
19:00. "Qizilqum" - "Lokomotiv"



Fikrlar