
Superliga. Bugun vodiy derbisi bo‘ladi
Bugun Superligada 13-tur uchrashuvlari davom ettiriladi. Jumladan, “Qo‘qon-1912” Yaypanda vodiyning boshqa bir jamoasi – “Navbahor”ni qabul qilsa, Hamid Aktamov boshqaruvidagi “Qizilqum” Bekobodda “Metallurg” mehmoni bo‘ladi.
Har ikkala uchrashuv ham soat 20:00 da boshlanadi.
Turnir jadvaliga nazar tashlasak, “Qo‘qon-1912” 15 ochko bilan 9-o‘rinda, “Navbahor” 14 ochko bilan 10-o‘rinda, “Metallurg” 16 ochko bilan 8-o‘rinda, “Qizilqum” esa 20 ochko bilan 5-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar