
Superliga hamma uchun ochiq bo‘ladi
Evropa Superligasi rahbariyati musobaqa formatiga tuzatish kiritishni rejalashtirmoqda.
DPA (Germaniya axborot agentligi) xabariga ko‘ra, Superliga tashkilotchilari loyihaga o‘zgartirishlar kiritgan hujjatni Parlament va Evrokomissiyaga yuborishdi va endi liga barcha klublar uchun ochiq bo‘ladi.
Avvalroq, Madrid sudi UEFAga Superliga asoschilari hisoblangan klublarga har qanday sanktsiyalarni qo‘llashni taqiqlab qo‘ygandi.
Eslatib o‘tamiz, dastavval Superligada faqatgina Evropaning eng kuchli 20 ta klubi ishtirok etishi e’lon qilingan edi.
Fikrlar