
Superliga haqida FIFA prezidentining fikri qanday?
FIFA prezidenti Janni Infantino yangi tashkil etilgan Evropa Superligasi haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Biz amaldagi muassasalar, ligalar, assotsiatsiyalar, UEFA va FIFAdan ajralib chiqqan yopiq tashkilot bo‘lgan Superliganing yaratilishiga qat’iyan qarshimiz. U tizimdan tashqarida. Men Evropa futbolini, assotsiatsiyalarni va UEFAni to‘liq qo‘llab-quvvatlayman.
Ular faqat aktsiyadorlarni emas, boshqa odamlar, muxlislar haqida ham o‘ylashi lozim. Biz Evropa futbol modelini, terma jamoalarni himoya qilishimiz shart. Agar kimdir o‘z yo‘lidan borishga qaror qilsa, u buning uchun javobgar bo‘lishi kerak. Bu shuni anglatadiki, sizga ichkarida ham, tashqarida ham, boshqa yo‘l yo‘q.
Evropa futboliga qarang. Men aynan shu tizim mevasiman. Men UEFAda 16 yil ishladim, printsiplar va qadriyatlarni himoya qilish uchun astoydil harakat qildim, bu muvaffaqiyatli ekanligi isbotlangan Evropa futbolining modelidir”, - dedi Infantino.
Fikrlar