
Superliga. Joriy mavsum qaysi jamoa eng ko‘p gol urdi?
"Lokomotiv" - OKMK bahsi bilan Superliganing 7-turi o‘z yakuniga etdi. Uchrashuv olmaliqliklarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Bu turda bo‘lib o‘tgan boshqa o‘yinlar natijasi quyidagicha:
O‘tkazilgan ettita qarama-qarshilikda jami 14 ta gol urildi. Ikki bahsda darvozalar ishg‘ol qilinmadi. Turning markaziy o‘yini - "Neftchi" - "Andijon" "jangi"da 4 bora darvozalar ishg‘ol qilindi.
Bu bo‘yicha mavsum avvalidan beri qayd etilgan statistika bunday:
1-turda: 21 ta
2-turda: 13 ta
3-turda: 24 ta
4-turda: 16 ta
5-turda 6 ta ( 3 ta uchrashuv qoldirilgan)
6-turda: 23 ta ( 1 ta uchrashuv qoldirilgan).
Joriy mavsumda eng ko‘p gol urgan jamoa "Navbahor" bo‘lib turibdi (14 ta gol). Keyingi o‘rinni esa 13 ta gol bilan "Andijon" band etgan. Eng ko‘p gol o‘tkazgan klub esa turnir jadvalida so‘nggi o‘rinda turgan "Bunyodkor" - 13 ta.
Turnir to‘purarlari
Toma Tabatadze - 7 ta
Zoran Marushich - 4 ta
Shohruh Abdurahmonov - 4 ta
Sardor Rahmonov - 3 ta
Islom Mamatkazin - 3 ta
Dragan Cheran - 3 ta
Lupche Doriev - 3 ta
Muhammadali Abdurahmonov 3 ta.
7-turdan so‘ng Jizzaxdagi uchrashuvni o‘z foydasiga hal qilgan "lochinlar" 12 ochko bilan jadvalda etakchilik qilmoqda. Xuddi shuncha ochko jamg‘argan "Andijon" ikkinchi, "Nasaf" esa kuchli uchlikda.
Navbatdagi tur 18 maydan 21 mayga qadar bo‘lib o‘tadi. Bu safar ham muxlislar "Vodiy derbisi"ga guvoh bo‘ladi. Namanganning "Navbahor" jamoasi o‘z uyida Farg‘onaning "Neftchi" klubini qabul qiladi.
Fikrlar