
Superliga. "Lokomotiv" ochko yo‘qotdi, "Paxtakor" ertaga chempionlikni rasmiylashtirishi mumkin
Qo‘qondagi "Markaziy" stadionda kechgan uchrashuvda kuchlar teng keldi - 1:1. 35-daqiqada Suxrob Berdiev hisobni ochgan bo‘lsa, bellashuv so‘nggida Temurxo‘ja Abduxoliqov muvozanatni tiklashga erishdi.
Shu tariqa, "temiryo‘lchilar" hisobidagi ochkolar soni 37 taga, peshqadam "Paxtakor" bilan oradagi tafovut esa 16 ochkoga etdi. Agarda, ertaga Shota Arveladze shogirdlari "Metallurg"ni safarda mag‘lub eta olsa, "sherlar" muddatidan oldin chempionlikni qo‘lga kiritishadi.
Fikrlar
Mashal akademiyasi nega to‘xtatildi shuni sababini aytinglar ulgilaring kegan bo‘lsa, nega Akademiya to‘xtatiladi Muborakda O‘ZB dagi eng yirik gaz zavodi bo‘lsa shuncha pul anaqalarga ketayabtimi.