Superliga. "Nasaf" Samarqanddan yirik hisobdagi g‘alaba bilan qaytadigan bo‘ldi

  • 7 avgust, 2022, 20:53
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasi 11-turidan qoldirilgan "Dinamo" - "Nasaf" uchrashuvi yakuniga etdi. Qiziqarli va gollarga boy o‘tgan bellashuvda qarshiliklar yirik 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. "Ajdarlar"ning o‘yindagi ilk goliga jamoaga yangi qo‘shilgan legioner Alen Masovich mualliflik qilgan bo‘lsa, keyinchalik Husayn Norchaev penaltidan gol kiritib, hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi. Shuningdek, Dilshod Saitov va G‘olib G‘aybullaev ham bittadan gol kiritishni uddaladi. Shu tariqa bahs "Nasaf"ning yirik g‘alabasi bilan yakunlandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
07/08/2022 21:06
Nasaf hali tuliq formaga emas. uyindan uyinga ochiladi aniq. Nasaf formaga kersa har qanday raqibka qiyin buladi bu aniq. Dinama yahshi uynadi. agar shu uyinni qilsa. keyingi turlarga galaba qazonadi.