Superliga. "Nasaf" "So‘g‘diyona"ga qarshi so‘nggi 4 o‘yinda atigi bir marta g‘alaba qozongan!
Qarshiliklar Superliganing 12-turda Jizzaxga safar qiladi. "So‘g‘diyona" bilan bo‘lib o‘tishi belgilangan uchrashuv 28 may kuni soat 20:00 boshlanadi.
"So‘g‘diyona" jamoasi bilan o‘zaro uchrashuvlardagi faktlar:
Jamoalar O‘zbekiston chempionatida shu vaqtga qadar 46 bor kuch sinashgan. Bo‘lib o‘tgan 34 uchrashuvda “ajdarlar”, 8 o‘yinda esa "bo‘rilar" zafar quchgan. 4 uchrashuvda esa durang natija qayd etilgan.
To‘plar nisbati 95:39 ga teng. Ustunlik qarshiliklar tarafida. O‘zaro uchrashuvlarda qayd etilgan eng yuqori hisoblar quyidagicha: “Nasaf“ – “So‘g‘diyona” 4:0, “So‘g‘diyona” – “Nasaf” 3:1.
Jamoalar so‘nggi o‘zaro uchrashuvni 2022 yili 9 oktyabr kuni Qarshida o‘tkazgan. Bu uchrashuvda 1:1 hisobi qayd etilgan.
E’tiboringizga Jizzaxda bo‘lib o‘tgan so‘nggi besh bellashuv natijalarini havola etamiz:
12.05.2022 "So‘g‘diyona" — "Nasaf" 1:2
20.11.2021 "So‘g‘diyona" — "Nasaf" 1:1
20.11.2020 "So‘g‘diyona" — "Nasaf" 3:1
27.11.2019 "So‘g‘diyona" — "Nasaf" 1:1
29.11.2018 "So‘g‘diyona" — "Nasaf" 0:1
Manba: "Nasaf" futbol klubi matbuot xizmati.

Fikrlar