Superliga. "Navbahor" - "Bunyodkor" o‘yini uchun chiptalar sotuvda

  • 08.11.2023 22:45
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 1
  • Futbol

Superliganing 24-turidan o‘rin olgan "Navbahor" - "Bunyodkor" bahsi qoldirilganganidan xabaringiz bor.

Ertaga soat 9:00 dan boshlab mazkur uchrashuv uchun chiqarilgan chiptalarni xarid qilishingiz mumkin. Chiptalar Namangan shahar, Davlatobod tumanidagi "Markaziy" stadionidagi barcha kassalarda sotuvga chiqariladi.
Chiptalar narxi barcha sektorlar uchun bir xil - 15.000 so‘m etib belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, bellashuv 11 noyabr kuni soat soat 17:00 da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Адхамжон Низомов
09/11/2023 05:11
Булар эка-ку.