
Superliga. "Navbahor" - "Bunyodkor": Tomonlar durangga imzo chekdi
Superliganing 16-turidan o‘rin olgan "Navbahor" - "Bunyodkor" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Ushbu bahsda jamoalar kuchi teng keldi.
Dastavval, birinchi bo‘limning 8-daqiqasida Andriya Filipovich jamoasini oldinga olib chiqqan bo‘lsa, oradan o‘n daqiqa o‘tib standart vaziyatdan foydalangan Jamshid Iskanderov tomonlar kuchini tenglashtirdi.
Bahsning 60-daqiqasida "Navbahor" darvozasiga penalti belgilandi. Temurxo‘ja Abduxoliqov u imkoniyatdan unumli foydalandi. Boburbek Yo‘ldoshev 71-daqiqada raqib futbolchisiga nisbatan qo‘pollik ishlatdi va qizil kartochka bilan jazolandi.
90+10 daqiqada xakam "Bunyodkor" darvozasi tomon belgilagan penaltini Iskanderov golga aylantirdi va jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.
Shu tariqa ikki jamoa ham bir ochkodan bshlishib oldi.
Fikrlar