
Superliga. "Navbahor" safarda "So‘g‘diyona"ga mag‘lub bo‘ldi, Farg‘ona derbisida esa jangovar durang
Bundan biroz avval Superliganing 14-turidan o‘rin olgan “So‘g‘diyona” – “Navbahor” hamda “Qo‘qon-1912” – “Turon” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv o‘z yakuniga etdi.
Dastlabki juftlikda o‘yin taqdirini 21-daqiqada Shohruz Norxonov tomonidan kiritilgan yagona gol hal qilgan bo‘lsa, Yaypandagi o‘yin gollarga boy kechdi. Shu kuni tomonlar 2:2 hisobidagi jangovar durangga imzo chekishdi.
Fikrlar