
Superliga. OKMK safarda "Andijon"ni mag‘lub etdi
O‘zbekiston Superligasi 23-turidan o‘rin olgan "Andijon" - OKMK bahsi yakunlandi. Unda mehmonlar 0:1 hisobida zafar quchdi.
Yagona golga Xurshid G‘iyosov mualliflik qildi. U penaltidan unumli foydalanib, jamoasiga 3 ochko taqdim etdi.
Shu tariqa, olmaliqliklar 39 ochko bilan 4-o‘ringa chiqib oldi. 34 ochkosi bor "Andijon" 6-pog‘onadan joy egallagan.
Fikrlar