Superliga. OKMKning birinchi goliga Rahmonov mualliflik qildi
Ayni paytda Superliga 2-turidan o‘rin olgan "Navbahor" - OKMK bahsi bo‘lib o‘tmoqda.
Uchrashuvning 10-daqiqasida Toma Tabatadze gol urib hisobni ochdi va gollari sonini 3 taga etkazib oldi.
18-daqiqada olmaliqliklar futbolchisi Sardor Rahmonov boshi bilan aniq zarba yo‘llab, muvozatni tikladi.
Shu tariqa, Rahmonov OKMKning bu mavsumdagi ilk goliga mualliflik qildi. O‘tgan turda Qosimov shogirdalari "Andijon" bilan nursiz durang qayd etgan edi.

Fikrlar