
Superliga. O‘tgan tur AGMK, bu safar "Nasaf"dan "tarsaki"
Superliga 9-turidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Qizilqum" uchrashuvi nihoyasiga etdi. Unda mezbonlar yirik 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Maydon egalari safida gollarga Norchaev, Saitov, Bozorov, Aliqulov va Solovyov mualliflik qildi. Mehmonlar bu o‘yinda gol urishga muvaffaq bo‘lmadi.
Mazkur natijadan so‘ng "Nasaf"ning ochkolari soni 15 taga etdi. "Ajdarlar" ayni payt turnir jadvalida 2-o‘rinni egallab turibdi.
"Qizilqum" hisobidagi ochkolari soni 14 taligicha qoldi. "Oltin izlovchilar" hozircha jadvalning 5-pog‘onasidan joy egallagan.
Fikrlar