
Superliga. "Qizilqum" safarda "Bunyodkor"ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi
O‘zbekiston Superligasi 1-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" va "Qizilqum" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi.
Mazkur bellashuvda mehmonlar 1:3 hisobida g‘alaba qozondi. Navoiyliklardan Giorgi Kuhianidze, Shahboz Jo‘rabekov va Samandar Shukurullaev gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Mezbonlarning golini Temurxo‘ja Abduholiqov kiritdi.
Shu tariqa, "oltin izlovchilar" ushbu g‘alabadan keyin 3 ochkoga ega bo‘ldi va jadvalda etakchilar qatoridan joy oldi.
Fikrlar