Superliga. "So‘g‘diyona" "Bunyodkor"ni mag‘lub etdi va duranglar an’anasiga chek qo‘ydi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Kun doirasidan o‘rin olgan so‘nggi uchrashuv Jizzaxda kechdi. Unda mahalliy “So‘g‘diyona” jamoasi “Bunyodkor”ga qarshi bahs olib bordi.

Qiziqarli va tomoshabop tarzda kechgan uchrashuvda mezbonlar 2:1 hisobida raqibdan ustun kelishdi. Dastavval 22-daqiqada  Doston Toshmatov o‘zining aniq zarbasi bilan hisobni ochdi.

Ikkinchi bo‘limda esa “qaldirg‘ochlar” ustozi Vadim Abramov tarkibda bir qator o‘zgarishlarni amalga oshirdi va bu yakunda o‘z mevasini berdi. Zaxiradan maydonga tushgan Sanjar Qodirqulov 63-daqiqada muvozanatni tiklashga erishdi.

O‘yin so‘nggida esa zaxiradan maydonga tushgan Oybek Nurmatov jizzaxliklarga g‘alaba keltiruvchi golni kiritdi va “So‘g‘diyona” 3 ochkoga ega chiqdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!