Superliga. “Surxon” “Andijon”ni Samarqandda qabul qiladi
Superliga 15-turidan o‘rin olgan “Surxon” — “Andijon” o‘yini projektor bilan bog‘liq muammo sababli Samarqand shahridagi “Dinamo” stadionida o‘tkaziladi. O‘zPFL axborot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, uchrashuv 13 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, termizliklar "Paxtakor" bilan uy o‘yinini Toshkentda, "Bunyodkor" bilan bahsni esa Olmaliqdagi OKMK stadionida o‘tkazishgan edi.
Ilgariroq, 15-turdan o‘rin olgan “Bunyodkor” – “Metallurg” o‘yini Olmaliqda bo‘lib o‘tishi aytilgan edi.

Fikrlar