Superliga taqvimida o‘rinli sababga ko‘ra o‘zgarish bo‘lishi kutilmoqda

  • 04.08.2019 18:43
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bir necha kun oldin Superligada 15-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Endi esa O‘zbekiston kubogi bahslari o‘tkazilmoqda. Shu boisdan ham Superliganing 16-tur bahslari 10-11 avgustga belgilangandi.

SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, bo‘lajak turning ayrim o‘yinlari sanasi o‘zgarishi kutilmoqda. "Paxtakor-79" jamoasining aviahalokatga uchraganiga bu yil 40 yil to‘ladi. "Paxtakor" futbol klubi o‘zbek futbolida yorqin iz qoldirgan jamoa vakillarini xotirlash maqsadida bir necha tadbirlar o‘tkazishni rejalashtirgan. Jumladan 11 avgust kuni "Paxtakor" stadionida O‘zbekiston va sobiq SSSR faxriy futbolchilari ishtirokida o‘rtoqlik o‘yini o‘tkaziladi. Mana shu o‘yinda ishtirok etish uchun bir qator murabbiylar Toshkentga tashrif buyurishadi. Shuning uchun 16-turning ayrim o‘yinlari sanasi o‘zgaradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!