Superliga va Proliga hakamlari VAR bo‘yicha seminarda ishtirok etdi

  • 05.06.2021 18:46
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘FA matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Superliga va Proliga hakamlari uchun seminar mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.

"Kecha Superliga va Proliga hakamlari ishtirokida o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Kun davomida hakamlar O‘FA majlislar zalida nazariy mashg‘ulotlarda qatnashdi.

Unda mutaxassislar video materiallar bilan tanishib, Superliga bahslarining o‘tgan turlarida hakamlik bilan bog‘liq vaziyatlarni keng muhokama qilishdi.

Seminarning ikkinchi qismi bevosita futbol maydonida bo‘lib o‘tdi va amaliy mashg‘ulotlardan iborat bo‘ldi. Hakamlar VAR texnologiyasidan foydalangan holda, ko‘nikmalarni yaxshilash ustida ish olib borishdi.

Texnik-taktik va jismoniy harakatlarga e’tibor qaratildi. O‘z navbatida, hakamlarimiz bo‘lajak o‘yinlarni yuqori saviyada boshqarib borishida seminarda olingan bilim va ko‘nikmalar muhim ahamiyat kasb etishi alohida ta’kidlandi",-deyiladi O‘FA matbuot xizmati xabarida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!