
Superliga. Yilning eng yaxshi murabbiyi bo‘lish uchun yakuniy nomzodlar e’lon qilindi
Superliga martdan boshlab noyabrga qadar har oyning eng yaxshi murabbiyini ekspertlar ovoziga ko‘ra aniqlab keldi. Endi navbat Superligada mavsumning eng yaxshi murabbiyini aniqlashga etib keldi.
5 dekabr sanasida mazkur sovrin uchun nomzod hisoblangan 5 nafar murabbiy e’lon qilingan edi.
- Mirjalol Qosimov
- Ivan Boshkovich
- Aleksandr Xomyakov
- Ro‘ziqul Berdiev
- Sergey Lushchan
8 dekabr holatiga ko‘ra, yakuniy bosqichga faqattgina uchta mutaxassis loyiq ko‘rilgan:
Mirjalol Qosimov OKMK;
Aleksandr Xomyakov "Andijon";
Ro‘ziqul Berdiev "Nasaf".
Ma’lumot uchun, g‘olib ertaga "Eng zo‘r" taqdirlash marosimida aniqlanadi.
Fikrlar