
Superligada muxlislik bo‘yicha bu klubga teng keladigani yo‘q!
2024 yilgi chempionat o‘zining bir qancha muhim voqeliklari bilan yodda qoldi. Bulardan biri muxlislar bilan bog‘liq. “Andijon” klubi ishqibozlari joriy yilgi mavsumda yana oldinga katta qadam tashlashdi. Sevimli jamoasini qo‘llab-quvvatlashda yangidan-yangi performanslar, o‘zgacha tarzdagi olqishlash usullarini joriy qildilar. O‘zbekistonda yagona ekanligini yana bir karra isbotladi. “Bobur arena”dagi har bir o‘yin anshlag, fantastik muhitda o‘tdi.
Shubhasiz, “Andijon” muxlislik borasida ham juda faol bo‘ldi. “Bobur arena”da eng ko‘p muxlis 8-turdagi o‘yinda to‘plandi. “Andijon”ning uyida “Metallurg”ga qarshi uchrashuvini stadionda 19095 nafar ishqiboz kuzatib bordi.
E’tiborlisi, ushbu chempionatda “Andijon”ning “Bobur arena”da o‘tkazgan jami 16 ta o‘yinidan 11 tasida 10 ming ziyod ishqibozlar kelgan. Eng oz muxlislar tashrifi ham 5000 mingdan kam emas. Ya’ni, bu 24-turda “Andijon” – “Qizilqum” bahsida kuzatildi 5442. Lekin ushbu raqam ayrim boshqa klublarning o‘z maydonidagi bir uchrashuvida eng ko‘p kelgan tomoshabinlar sonidan ham ko‘p.
Bundan tashqari, mehmondagi uchrashuvlarda ham andijonlik ishqibozlar jamoani yolg‘izlatib qo‘ymadilar. Masalan, chempionat doirasida Farg‘onada “Neftchi”ga qarshi bahsda 5000 mingdan ziyod andijonlik muxlislar jamoani qo‘llab-quvvatladilar. O‘zbekiston Kubogi finalida “Istiqlol” stadioniga 20 ming muxlis keldi. Uning yarmidan ko‘pini esa andijonlik ishqibozlar tashkil qildi.
Tomoshabinlar tashrifi
Superliga
2-tur. “Andijon” – “Bunyodkor” – 5:1. 10140 tomoshabin
4-tur. “Andijon” – “Nasaf” – 1:1. 14861 tomoshabin
6-tur. “Andijon” – “So‘g‘diyona” – 0:1. 18012 tomoshabin
8-tur. “Andijon” – “Metallurg” – 1:1. 19095 tomoshabin
10-tur. “Andijon” – “Paxtakor” – 1:3. 17152 tomoshabin
13-tur. “Andijon” – “Navbahor” – 3:0. 17873 tomoshabin
14-tur. “Andijon” – OKMK – 2:3. 13520 tomoshabin
16-tur. “Andijon” – “Surxon” – 2:3. 7852 tomoshabin
18-tur. “Andijon” – “Lokomotiv” – 1:2. 9762 tomoshabin
20-tur. “Andijon” – “Neftchi” – 0:0. 13262 tomoshabin
22-tur. “Andijon” – “Olimpik” - 1:0. 8411 tomoshabin
24-tur. “Andijon” – “Qizilqum” – 0:0. 5442 tomoshabin
25-tur. “Andijon” – “Dinamo” – 3:0. 5845 tomoshabin.
O‘zbekiston Kubogi
1-tur. “Andijon” – “Dinamo” – 2:2. 15110 tomoshabin
3-tur. “Andijon” – “Nasaf” – 1:0. 12480 tomoshabin
1\2 final. “Andijon” – “Surxon” – 0:0. Pen.b: 5:4. 15643 tomoshabin
Jami: 204460
Ha, bu yil “Bobur arena”da hammasi bo‘lib yil davomida 204460 nafar muxlis “Andijon” ishtirokidagi uchrashuvlarni kuzatgan va qo‘llab-quvvatlagan. O‘rtacha har bir o‘yinga 12778 tadan to‘g‘ri keladi. Bu juda yaxshi ko‘rsatkich. Shuningdek, o‘z uyida muxlis yig‘ish borasida “Andijon” mutlaq etakchi. Superligadagi hech bir jamoa bu yilgi mavsumda o‘z maydonida 200 000 mingdan ortiq muxlisni yig‘a olgani yo‘q.
Fikrlar