
Superligadagi ikkinchi iste’fo yaqin - Diyor Imomxo‘jaev
Bir necha kun avval Superligada mavsumdagi ilk iste’fo yuz bergandi. "Bunyodkor" klubi bosh murabbiyi Shuhrat Maqsudov lavozimidan ozod qilingan.
Endi yana bir jamoada murabbiy almashadigan ko‘rinadi. Bu haqda PFL rahbari Diyor Imomxo‘jaev telegramdagi sahifasida ma’lum qildi. Ammo qaysi klubda o‘zgarish bo‘lishi ochiqlanmagan.
- Superligadagi ikkinchi iste’fo yaqin. Kimdir oldidan oqayotgan suvning qadriga etmagandi, - deya qisqa fikr bildirdi PFL bosh direktori.
Fikrlar
Агарда УзПФЛ рахбари Диёр бироз аклини ишлатганида бу даражада нокулайликлар булмас эди, ва Узбекистонда футбол янада ривожланган булар эди!