Superligaga chiqqan "Dinamo" yana bir legioner bilan shartnoma imzoladi (Foto)

  • 15 yanvar, 2022, 14:18
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga yangi mavsumi oldidan «Dinamo» jamoasi tarkibini kuchaytirishni davom ettirmoqda.

Klub murabbiylar shtabi qaroriga ko‘ra, «Dinamo» klubi serbiyalik darvozabon Miloe Prekovich bilan kelishuvga erishdi. 30 yoshli golkiper bilan bir yillik shartnoma imzolandi. Serbiyalik legioner samarqandliklar safiga erkin agent maqomida qo‘shildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Miloe Prekovich so‘nggi mavsumni Serbiya Superligasi vakili «Vojdovats» klubi safida o‘tkazib, jamoaning asosiy posboni bo‘lgan. U chempionat doirasidagi barcha – 21 o‘yinda ham to‘liq harakat qilgan.

Samarqandning "Dinamo" klubiga legioner kelmoqda

photo_2022-01-14_20-31-55

Ma’lumot:
Miloe Prekovich
Tug‘ilgan sanasi: 1991 yil, 7 iyun.
Tug‘ilgan joyi: Serbiya, Arandelovach.
Bo‘yi: 192 cantimetr

Faoliyat yuritgan klublari:
2009-2010 - «Mladenovach» (Serbiya)
2010-2012 - «Kosiche» (Slovakiya)
2013-2014 - «Mladost Lukani» (Serbiya)
2015 - «Sloga» (Serbiya)
2016-2017 - «Enisey» (Rossiya)
2017-2018 - «OFK Belgrad» (Serbiya)
2018-2020 - «FK Indija» (Serbiya)
2021 - «Vojdovats» (Serbiya).
2022 - «Dinamo» (Samarqand).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!