
Superligaga chiqqan "Dinamo" yangi bosh murabbiy qo‘l ostida o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi
Superliga yangi mavsumiga tayyorgarlik doirasida «Dinamo» Pro liga vakili G‘uzorning «Sho‘rtan» klubiga qarshi saf tortdi.
Qashqadaryoda o‘tgan bahsda «Dinamo» bosh murabbiyi Predrag Rogan ikki xil tarkibni sinovdan o‘tkazdi.
O‘yinda Faxriddin Alimov va jamoa ko‘rigida bo‘lgan Oybek Nurmatovning gollari «Dinamo»ga g‘alaba keltirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
29 yanvar (shanba)
O‘rtoqlik uchrashuvi. G‘uzor.
«Sho‘rtan» - «Dinamo» - 0:2
Gollar: Faxriddin Alimov, Oybek Nurmatov.
«Dinamo» (1-bo‘lim): 35.Arslon Ahrorov, 4. Jasur Jumaev, 8. Mixaylo Yovanovich, 23. Xurshed Abdulloev, 28. Saydullo Rahmatov, 44. Jasur Umarov, 6. Abdujamol Isroilov, 39. Shokir Yo‘ldoshev, 11.To‘lqin Ergashev, 17. Faxriddin Alimov, 20. Aleksandar Glishich.
«Dinamo» (2-bo‘lim): 12. Miloe Prekovich, 21. Jo‘rabek Mannonov, 27. Ibrohim Yo‘ldoshev, 5. Doston Fattoev, 26. Oybek Jo‘raev, 24. Muzaffar Muzaffarov, 80. Evgeniy Chumak, 95. Temur Ismoilov, 14. Oybek Nurmatov, 19. Islom Sharipov, 10. Sahob Rashidov.
Fikrlar