Superliganing birinchi davrasi yakuni bo‘yicha kim qancha gol urdi?

  • 1 iyul, 2019, 11:46
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston superligasining birinchi davrasi yakunlandi. Mavsumning yarmidan so‘ng klublarimiz nechtadan gol urganligini ko‘rishingiz mumkin:

Tecno

"Paxtakor" 37
"Lokomotiv" 24
"Navbahor" 21
"Nasaf" 18
"Bunyodkor" 16
"Dinamo" 16
"So‘g‘diyona" 16
AGMK 16
"Metallurg" 15
"Surxon" 14
"Qizilqum" 14
"Qo‘qon-1912" 14
"Andijon" 10
"Buxoro" 8

5801561303669

Endi esa, kim necha bor o‘z darvozasidan to‘pni olib chiqganligiga e’tiboringizni qaratamiz:

9161554647267

"Qo‘qon-1912" - 28
"Qizilqum" - 28
AGMK - 21
"Buxoro" - 20
"So‘g‘diyona" - 20
"Andijon" - 19
"Dinamo" - 16
"Surxon" - 15
"Metallurg" - 14
"Bunyodkor" - 14
"Navbahor" - 14
"Nasaf" - 11
"Lokomotiv" - 10
"Paxtakor" - 9

Ko‘rib turganingizdek "Paxtakor" samaradorlik bo‘yicha etakchilik qilmoqda. Ammo gol urishda qiyinchilikga uchrayotgan "Buxoro" 13 ta uchrashuvda bor yo‘g‘i 8 bor gol urgan.

"Paxtakor"ning 37 ta golining 15 tasini legioner futbolchi Dragan Cheran kiritib turnir jadvalining eng yaxshi to‘purari bo‘lib turipti. 37 ta golni "Paxtakor"ning 11 ta futbolchisi o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan:

8271558017106

Dragan Cheran 15
Marat Bikmaev 6
Igor Sergeev 5
Egor Krimets 2
Jaloliddin Masharipov 2
Shohrux Mahmudhojiev 2
Dostonbek Hamdamov 1
Marko Simich 1
Hojiakbar Alijonov 1
Vladimir Kozak 1
Javohir Sidiqov 1

1911556372663

Toshkentning yana bir klubi "Lokomotiv" superliganing birinchi davrasida, raqiblar darvozasiga 24 ta to‘p kiritgan. Bulardan 9 tasini Temurxo‘ja Abduxoliqov o‘z hisobiga rasmiylashtirdi. "Lokomotiv"ning 24 golini 10 ta futbolchi urdi. Bular orasida bir qator himoyachilarni ham ko‘rishimiz mumkin:

Temurxo‘ja Abduxoliqov 9
Arslanmurot Amonov 3
Islom To‘xtaxo‘jaev 3
Jamshid Iskanderov 3
Anzur Ismoilov 1
Igor Yelich 1
Diyorjon Turopov 1
Yovan Jokich 1
Azizbek Amonov 1
Sardor Mirzaev 1

Chiroyli futbolni xush ko‘radigan "Navbahor" klubi 21 ta gol bilan etakchilar qatoridan joy olgan. Namanganliklar xujumchisi Aleksandr Kasyan 9 bor raqiblar darvozabonini ranjitgan. "Navbahor"ning darvozaga kiritgan 21 ta to‘piga 10 ta futbolchi mualliflik qildi:

Aleksandr Kasyan 9
Oston O‘runov 2
Slavko Lukich 2
Shaxzod Shaymanov 2
Aziz Ibragimov 1
Abdujamol Isroilov 1
Abbos G‘ulomov 1
Ivan Solovev 1
Azim Ahmedov 1
Obid Jo‘raboev 1

3741554482282

"Nasaf" jamoasi birinchi davrada 18 ta gol urdi. Aslini olganda yosh futbolchilar bilan mavsumni boshlagan klub uchun yomon natija emas. "Ajdarlar" forvardi Humoyun Murtazoev o‘z hisobiga 9 ta golni yozdirib qo‘ygan va to‘purarlar ro‘yhatida yuqori o‘rinlardan birini egallab turipti. Birinchi davrada "Nasaf"ning gollarini 5 ta futbolchi kiritdi va bitta golni raqib o‘z darvozasiga urgan:

Humoyun Murtazoev 9
Dilshod Saitov 4
Bobur Davlatov 2
Islom Kenjaboev 1
Oybek Bozorov 1

Yosh futbolchilar bilan to‘p surayotgan yana bir klub "Bunyodkor" 16 ta gol urdi. Ushbu gollarning 7 tasi Xurshid G‘iyosovga tegishli. G‘iyosov o‘zining 5 ta golini penaltidan kiritganligini ham ta’kidlab qo‘yish joiz. "Qaldirg‘ochlar"ning kiritgan gollari 7 ta futbolchiga tegishli:

Xurshid G‘iyosov 7
Mirjaxon Mirahmadov 3
Jasurbek Jaloliddinov 2
Nurillo To‘xtasinov 1
Sanjar Qodirqulov 1
Islomjon Qobilov 1
Lutfulla To‘raev 1

1681560608485

Ko‘hna Samarqandning "Dinamo" klubi ushbu mavsum mablag‘ tomondan muammolari bo‘lsa-da, yaxshi mavsumni o‘tqazishmoqda. Birinchi davrada ushbu jamoa 16 bor raqiblar darvozasiga yo‘l topishdi. "Dinamo" tarkibida Qadamboy Nurmetov 5 ta gol urdi. O‘rtacha hisoblanganda har bir futbolchiga 2 tadan gol to‘g‘ri keladigan ko‘rinishni bergan statistikada, "Dinamo"ning 8 futbochisi 16 ta golni ura olgan.

Qadamboy Nurmetov 5
Amirjon Safarov 2
Mirkomil Lokaev 2
Shohrux Abdurahmonov 2
Jasur Azimov 2
Ihtiyor Toshpo‘latov 1
Sardor Eminov 1
Sanjar Baratov 1

3461558292349

Ulug‘bek Baqoev boshqaruvidagi "So‘g‘diyona" jamoasi ham mavsumni ishonchli tarzda o‘tkazib kelmoqda. 16 ta gol urgan jizzaxliklar tarkibida Shohruz Norxonov 4 ta golni o‘z hisobiga rasmiylashtirdi. Yana bir qator futbolchilar to‘p kiritdi. Umumiy hisobda 10 ta futbolchi "So‘g‘diyona" uchun gol urdi.

Shohruz Norxonov 4
Nikola Milinkovich 2
Elyor Orifov 2
Kaxi Maxaradze 2
Doston Toshmatov 1
Oybek Nurmatov 1
Daniel Nasriddinov 1
Sanjar Rashidov 1
Shaxboz Jo‘rabekov 1
Nuriddin Hasanov 1

7671554644305

Birinchi davrani qiyinchilik bilan boshlab, zo‘rg‘a xavfli zonadan chiqib olgan AGMK jamoasi ham 16 bor raqiblar darvozasiga yo‘l topdi. Klub forvardi Zafar Polvonov yuqori ruhda jamoani oldinga boshlab, gollarning teng yarim qismiga mualliflik qildi. Umumiy 6 ta futbolchi hisobiga gol yozildi.

Zafar Polvonov 8
Dilshod Jo‘raev 4
San’at Shixov 1
Shohnazar Norbekov 1
Shahzodbek Nurmatov 1
Sardor Rahmonov 1

Terma jamoaning sobiq futbolchilari bilan mavsumni boshlagan "Metallurg", birinchi davrada 15 bor raqiblarini hafa qilishdi. Stanislav Andreev 3 bor penaltidan gol urib, bekobodliklar safida eng ko‘p gol urgan futbolchi bo‘lib turipti. 15 ta golni 9 futbolchi o‘z nomiga rasmiylashtirgan:

Stanislav Andreev 3
Server Jeparov 2
Muzaffar Muzaffarov 2
Zohid Abdullaev 2
Bahodir Pardaev 2
Abbosjon Otaxonov 1
Sergey Tumasyan 1
Bahrom Abdurahimov 1
Islombek Isoqjonov 1

Bir necha yillik tanaffusdan so‘ng elitaga qaytgan "Surxon" birinchi davradan so‘ng, 14 marotaba darvoza to‘riga to‘pni joylashtirdi. Sherzod Hakimov va Abdulaziz Yusupov 3 marttadan golni nishonlashdi. Umumiy ko‘rinishda "Surxon"ning gollariga 7 ta futbolchi egalik qilmoqda.

Sherzod Hakimov 3
Abdulaziz Yusupov 3
Shavkat Salomov 2
Husniddin Gofurov 2
Darko Stanoevich 2
Abbos Maxsitaliev 1
Vladimir Bubanya 1

Zarafshonning "Qizilqum" jamoasi ham 14 bor muxlislar yuziga tabassum keltirdi. Jamoaning gruziyalik legioneri Elguja Grigalashvili 4 bor gol urdi. Klub gollarining teng yarim qismini ikki legioner hal qilgan. Umumiy hisobda 7 futbolchi 13 ta gol urishga erishdi. Yana bir golni raqib o‘z darvozasiga kiritib qo‘ygan.

Elguja Grigalashvili 4
Ariagner Smit Medina 3
Alisher Sanoev 2
Sherali Jo‘raev 1
Mirjalol Qosimov 1
Humoyun Abduolimov 1
Akmal Rustamov 1

O‘zbek futbolida ilk tashkil etilgan "Qo‘qon-1912" klubi ham 14 bor golni nishonlashdi. Shaxboz Erkinov va Suhrob Berdievlar hisobida 4 tadan gol bor. Umuman olganda, qo‘qonliklarning gollarini 4 tagina futbolchi hal qilgan va yana 2 ta avtogol mavjud.

Suhrob Berdiev 4
Shaxboz Erkinov 4
Xolmuhammedov Murod 3
Rustamov Oybek 1

"Andijon" jamoasi ijobiy ko‘rsatkichlarga ega bo‘ldi deb, aytib bo‘lmaydi va afsuski bor yo‘g‘i 10 tagina zarba gol bilan yakunlandi. Ro‘zimboy Ahmedov 4 ta gol urgan bo‘lsa, andijonliklar safida 5 ta futbolchi gol urishga muvaffaq bo‘ldi:

Ro‘zimboy Ahmedov 4
Shahzodbek Ubaydullaev 3
Oybek Qilichev 1
Abror Xusinov 1
Ildar Mamatkazin 1

Birinchi davrani g‘alaba bilan yakunlagan "Buxoro" jamoasida ahvol chatoq. Buxoroliklar hisobida barchadan eng kam 8 ta gol bor. Raqib darvozasiga yo‘l topishda eng katta muammoga hozircha mana shu klub uchrab turipti. "Buxoro" futbolchisi Doston Ibrohimov 3 ta golga egalik qilib turipti. "Buxoro"ning 8 goliga 5 ta futbolchi mualliflik qildi.

Doston Ibrohimov 3
Ivan Nagaev 2
Asad Sobirjonov 1
Vladimir Baenko 1
Bexruz Shodmonov 1

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Javlon Abdullaev
01/07/2019 13:39
Nasafga omad????????????????