Superto‘purar: Menga “Real” ham, “Bavariya” ham kerakmas!

  • 12 fevral, 2023, 20:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Tottenxem” hujumchisi Harri Keyn faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishga moyilligini bildirdi.

Yaqinda “shporlar” tarixida eng ko‘p gol urgan o‘yinchiga aylangan 29 yoshli to‘purarga “Bavariya” va “Real”dan jiddiy qiziqish bo‘layotgan edi.

Football Insider nashrining ma’lum qilishicha, Keyn “Tottenxem”ni tark etishga to‘g‘ri kelsa ham, Angliya klublaridan biriga o‘tadi.

“Tottenxem” katta summa evaziga Harri Keyn bilan xayrlashishga tayyor. Unga asosiy da’vogar sifatida “Manchester Yunayted” tilga olinmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!