
Superto‘purar nega aynan “Arsenal”ni tanlaganini aytdi
Angliya Premer-ligasi g‘olibligiga da’vogarlardan hisoblangan “Arsenal” yangi mavsum oldidan tarkibini kuchaytirish rejasini amalga oshirmoqda.
O‘tgan chempionatda Mikell Arteta markaziy hujumchi masalasida muammoga duch kelgandi. Endi ispaniyalik mutaxassis bu bosh og‘rig‘idan qutildi. Klub Evropadagi barcha ligalarni hisobga olganda eng ko‘p gol urgan forvard Viktor Dyokereshni olib keldi.
27 yoshli shved to‘purarining “Sporting”dan transferi 63,5 million evroga tushdi. Dyokeresh transfer bo‘yicha o‘z fikrini bildirdi.
- Men “Arsenal” to‘g‘ri tanlov bo‘lishini chin dildan his qildim. O‘tgan yili Arsenalga qarshi o‘ynaganimda, bu juda kuchli jamoa ekanini va unga qarshi o‘ynash qiyin ekaniga amin bo‘lgandim.
Aynan mana shu omil “Arsenal”ni tanlashimga sabab bo‘ldi. Bundan tashqari, klub tarixi va muxlislarining ham roli bor. Jamoa ishqibozlari meni bu erga o‘tishimdan oldin qo‘llab-quvvatlay boshlashdi. Endi ularni stadion tribunalarida ko‘rishdan mamnun bo‘laman, - dedi Viktor Dyokeresh.
Fikrlar