
Superto‘purar nega Manchester taklifini qabul qilmagani sababi ma’lum bo‘ldi
O‘tgan mavsumni muvaffaqiyatsiz yakunlagan “Manchester Yunayted” klubi rahbariyati jamoa tarkibida jiddiy o‘zgarishlarni boshlab yubordi.
Asosiy e’tibor hujum chizig‘ini qayta tashkil qilishga qaratilmoqda. Ana shu maqsadda, bir necha mavsumdan beri “Sporting”da tinimsiz gol urayotgan Viktor Dyokeresh ham jamoaga taklif etildi.
Biroq shved hujumchisi Manchesterga kelishni istamadi. Record nashri transferning barbod bo‘lishiga ikkita omilni sabab qilib ko‘rsatdi.
Birinchidan, “Old Trafford” mutasaddilari portugaliyaliklar talab qilgan 80 million evro miqdoridagi badal pulini to‘lashga tayyor emas. Ikkinchidan, manchesterliklar taklif qilgan loyiha 27 yoshli Dyokereshning o‘ziga ham ma’qul kelmagan.
Viktor Dyokeresh mavsumni barcha turnirlardagi 52 ta uchrashuvda kiritilgan 54 ta gol va jamoadoshlariga uzatilgan 13 ta assist bilan yakunladi.
Fikrlar