Superto‘purar uchun etti futbolchidan voz kechamiz!

  • 13 iyul, 2023, 19:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bavariya” hamon ko‘p gol ura oladigan forvard qidirishda davom etmoqda. Myunxenliklar “Tottenxem” hujumchisi Harri Keynni nishonga olgan.

Tecno

London klubi Bunesliga chempionining ikki taklifini qabul qilmadi.

“Bavariya” bosh murabbiyi Tomas Tuxel Londonga,  Harri Keynning uyiga borib, futbolchi bilan gaplashib keldi.

Shundan so‘ng, “Bavariya” uchinchi taklifni tayyorlayapti va bu transfer uchun pul topish ishlarini boshlab yubordi.

Ana maqsadda nemis klubi etti futbolchisini sotishga tayyor. Ma’lumotlarga ko‘ra, Sadio Mane, Rayan Gravenberx, Marsel Zabittser, Aleksander Nyubel, Yann Zommer, Benjamen Pavar, Buna Sarr sotib yuboriladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!