Superto‘purarni oladigan bormi?

  • 31.05.2021 23:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

So‘nggi yillarda “Bavariya”ning muvaffaqiyatlariga o‘z gollari bilan katta hissa qo‘shib kelayotgan Robert Levandovski yozda transferlar uchun ochiq bo‘ladi. Myunxen klubi ham aniq takliflar bo‘lsa, polshalik hujumchini qo‘yib yuborishga tayyorligini ma’lum qilgan.

Levandovskining bugungi kundagi transfer summasi 60 million evroga baholanmoqda.

Futbolchining o‘zi kelajagi haqidagi savollarga quyidagicha javob berdi.

- Kelajagim haqida nima deyishim mumkin? Men hamma narsaga tayyorman. Hozir “Bavariya”da o‘zimni juda yaxshi his qilyapman. Menga shahar ham, klub ham yoqadi. Shuningdek, yangi madaniyat va tilni o‘rganishga qarshi emasman va buni yaxshi ko‘raman. Lekin bunday imkoniyat futboldagi faoliyatim davomida bo‘ladimi yoki keyinmi, bunisini bilmayman, - dedi Levandovski.

Robert Levandovski yakunlangan mavsumda “Bavariya” tarkibida 40 ta uchrashuvda maydonga tushib, 48 ta gol urdi va Evropa milliy chempionatlarining eng zo‘r to‘purariga beriladigan “Oltin butsa” tanlovida g‘olib chiqdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!