Superttransfer bo‘lmaydi! “Real” va “Siti” nemislardan rad javobini oldi

  • 29.04.2026 08:27
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bundesliga chempionligini muddatidan avval qo‘lga kiritgan “Bavariya” o‘z futbolchisi Aleksandr Pavlovich transferi bo‘yicha “Real” va “Manchester Siti”ga rad javobini berdi.

Myunxenliklar Ispaniya va Angliya grandlarining taklifini hatto ko‘rib chiqishni ham istamadi.

Jurnalist Kristian Falk (Bild) ma’lumotiga ko‘ra, nemis klubi 21 yoshli futbolchi bilan xayrlashishni rejalashtirmayapti. U Vensan Kompani boshchiligida jamoaning muhim qismiga aylangan.

Pavlovich asosiy tarkibda mustahkam o‘rin egallab, ishonchli o‘yin namoyish etmoqda.

U Chempionlar ligasi chorak finalining javob o‘yinida “Real” darvozasiga gol urgan. Germaniya milliy jamoasi a’zosi 2023 yil oktyabr oyida klub akademiyasidan asosiy jamoaga o‘tib, Bundesligada debut qilgan edi.

Futbolchining “Bavariya” bilan shartnomasi 2029 yilgacha amal qiladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!