
"Surxon" ikki a’zosi bilan xayrlashdi
"Surxon" ikki futbolchisi bilan xayrlashdi. Dmitriy Kratkov va Muhammadyusuf Mirqodirov jamoani tark etdi.
"Jamoamizning ikki markaziy yarim himoyachisi klub safini tark etdi. Rossiyalik futbolchi Dmitriy Kratkov Surxonni erkin agent sifatida tark etsa, Muhammadyusuf Mirqodirov mavsum oxirigacha Andijon jamoasiga ijaraga berildi.
Kratkov Surxon safida 10 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushib, natijali harakatlar bilan ajralib turolmadi. Mirqodirov esa 7 ta uchrashuvda ishtirok etdi", - deyiladi "uchar tulporlar" matbuoti xabarida.
Fikrlar