"Surxon" klubi Ilhom Mo‘minjonovning jamoada ishlayotgani borasidagi xabarlarga oydinlik kiritdi

  • 01.04.2019 19:46
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol

Internet nashrlarida «Diskvalifikatsiya qilingan Ilhom Mo‘minjonov norasmiy tarzda "Surxon"ni boshqarmoqda» nomli sarlavhani e’lon qilindi. «Surxon» futbol klubi matbuot xizmati OAV tarqatgan norasmiy ma’lumotni rad etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

- O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan har bir inson erkin fikrlashga, so‘z erkinligiga, erkin yashash va hayot kechirish huquqiga ega!

Mo‘minjonov futboldan ma’lum muddatga chetlatilgan. Lekin, bu degani - Mo‘minjonov futbol ko‘rish huquqiga ega emas degani emas. Termizga kelib tomoshabin sifatida futbol ko‘rib ketgan bo‘lsa - bu uning ishi. To‘g‘rida, bir umr umrini futbolga bag‘ishlagan, shogirdlar chiqargan mutaxassisga futboldan chetda yurish qiyinchilik tug‘dirayotgan bo‘lishi mumkindir. Bu uning hatosi!

Nima bo‘lgan taqdirda ham «Surxon» futbol klubi O‘FA va PFL tomonidan chiqarilayotgan har bir qarorni hurmat qiladi va yuqorida chiqarilgan ma’lumotlarni mutlaqo rad etadi, - deya yozilgan klubning telegramdagi sahifasida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!