
"Surxon" "Mash’al"ni mag‘lub etdi, tarkibga ikki nafar legioner qo‘shildi
Rejaga muvofiq, “Surxon” klubi ham Toshkentda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini davom ettirib kelmoqda. Bugun termizliklar “Mash’al”ga qarshi nazorat uchrashuvini o‘tkazib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Avvalo, “Surxon” tarkibidagi o‘zgarishlar haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, ikki nafar legioner qo‘shilganini aytish mumkin. “Surxon” klubi matbuot xizmati ularni janubiy koreyalik Jeyms hamda Bo-Yong deya tanishtirgan. Hozircha ushbu futbolchilar ko‘rikdan o‘tishayotgani aytilmoqda. Bulardan tashqari, “Dinamo”dan Sharof Shobirov va “Oq-tepa” jamoasidan Ja’far Ismoilov ham “Surxon”ning mashg‘ulotlarida ishtirok etishyapti.
Endi bevosita “Surxon”ning “Mash’al”ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuviga keladigan bo‘lsak, Xusniddin G‘ofurov hamda Behruz Shaydulov tomonidan kiritilgan gollarga “Mash’al”dan Samuel Ononivu javob qaytardi.
“Surxon” tarkibi: Rustam Nortojiev, Alisher Salimov, Kamoliddin Ashurov, Xusniddin G‘ofurov, Behruz Shaydulov, Asror G‘ofurov, Eldor Boymatov, Zohir Pirimov, Javohir Esonqulov, Islom Toshpo‘latov, Jasur Xolto‘raev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Nizomjon Norov, Jeyms, Bo-Yong, Jahongir Ahmadov, Murod Bobojonov, Nuriddin Hasanov, Akrom Xodjaev, Muhammadali Namozov, Ja’far Ismoilov, Sharof Shobirov.
“Mash’al” tarkibi: Doston To‘xtaboev, Sirojiddin Allaev, Abbos Shodmonov, Jasur Qurbonov, Jamoliddin Ubaydullaev, Sardor Abduraimov, Siroj Qo‘ziev, Samandar Shukurillaev, Ukeme Uilyams, Samuel Ononivu, Xumoyun Murtozaev.
Fikrlar