"Surxon" Qozog‘iston klubiga qarshi maydonga tushdi

  • 12.06.2022 11:09
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Termizning “Surxon” jamoasi chempionatdagi kichik tanaffusdan foydalanib o‘rtoqlik ucharushuvi o‘tkazdi. Raqib — Qozog‘istonning “Qiran” jamoasi edi. Ushbu jamoa mamlakat 1-ligasida to‘p so‘radi, hozir o‘z ligasida faxrli 3-o‘rinni egallab ketmoqda

Jamoa murabbiylar shtabi kam amaliyotga ega bo‘layotgan futbolchilarimizni qay darajada o‘yinlarga tayyorligini tekshirish uchun, ushbu uchrashuvda ularga imkoniyat berdi. Kuchli yomg‘irga qaramasdan, ikkala jamoa ham yuqori tempda o‘yin o‘tkazdi, hamda bir qancha xavfli vaziyatlar yaratildi. Biroq, uchrashuvda hisob ochilmadi — 0:0.

“Surxon” (boshlang‘ich tarkib): Davron Merganov, Ulug‘bek Abdullaev, Serxio Rodriges, Islomjon Toshpo‘latov, Bahtiyor Qosimov, O‘ral Choriev, Sharofiddin Shobirov, Kamron Saydazimov, Iqbol Malikjonov, Zohir Pirimov, Miroslav Markovich.

“Surxon” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!