
"Surxon" yangi mavsum uchun qaysi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazdi?
Mamlakatimizda yangi futbol mavsumi start olishiga ham tobora oz fursatlar qolmoqda. Termizning "Surxon" klubi esa bir qator yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazdi. Bu haqda O‘zPFL bosh direktori o‘rinbosari Diyor Imomoxo‘jaev o‘zining telegramdagi sahifasida ma’lum qildi.
"Jamoa tarkibi ancha yaxshi. Biroq etakchi futbolchilar bilan asosan bir yillik kelishuvlarga erishilgan. Bungacha futboldan ma’lum vaqtga chetlatilgan Dilshod Jabborovning diskvalifikatsiya muddati yakuniga etdi, u endi faoliyatini davom ettirishi mumkin", - deb yozadi Imomxo‘jaev o‘z xabarida.
Vladimir Bubanya (Serbiya) — 2020, dekabr
Darko Stanoevich (Serbiya) — 2020, dekabr
Aleksandr Kasyan (Rossiya) — 2020, dekabr (Navbahor)
Shavkat Salomov — 2020, dekabr
Abduqahhor Hojiakbarov — 2020, dekabr
Xusniddin X G‘ofurov — 2020, dekabr
Asilbek Omonov — 2020, dekabr
Rahmatillo Berdimurodov — 2020, dekabr
Asror G‘ofurov — 2020, dekabr
Sanjar Ahmedov — 2020, dekabr
Azamat Ahmedov — 2020, dekabr
Azam Aliev — 2020, dekabr
Sherzod Karimov — 2020, dekabr (Lokomotiv)
Sarvar Soliev — 2020, dekabr (Metallurg)
Akbar To‘raev — 2020, dekabr (AGMK)
Jahongir Mehmonov — 2020, dekabr (Navbahor)
Aziz Ibragimov — 2020, dekabr (Navbahor)
Sardor Sulaymonov — 2020, dekabr (Buxoro)
Dilshod Jabborov — 2020, dekabr (diskvalifikatsiya)
Nuriddin Hasanov — 2021, dekabr (So‘g‘diyona)
Behruz Shaydulov — 2022, dekabr
Muhammadali Namozov — 2022, dekabr (Lokomotiv)
Fikrlar