
"Surxon"da o‘zgarishlar: Rufat Akramxo‘jaev iste’foga chiqdi, Abdumajid Toirov sport direktori etib tayinlandi
"Surxon" jamoasi bosh murabbiyi Rifat Akramxo‘jaev oilaviy muammolar sabab, o‘z xohishiga ko‘ra jamoani tark etmoqchiligi to‘g‘risida ariza qoldirgan edi va bu klub rahbarlari tomonidan qanoatlantirildi, - bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
"Surxon" jamoasi shu kunlarda jamoaga yangi bosh murabbiy variantlarini ko‘rib chiqmoqda.
Yangi bosh murabbiy e’lon qilingunga qadar jamoani birinchi davra so‘nggi turi va ikkinchi davraga katta murabbiy Rustam Aripov va texnik direktor Bahrom Haydarov tayyorlab boradi.
Transfer oynasi vaqtida ham selektsiya ishlari olib borilishi va har bir chiziq kuchaytirilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, futbol muxlislariga birdek yaxshi tanish bo‘lgan, surxondaryolik Toirovlar sulolasining kattasi Abdumajid Toirov "Surxon" futbol klubi sport direktori etib tayinlandi.
Abdumajit Abdumurotovich zimmasiga yozgi transfer oynasi vaqtida mahalliy, yosh va tajribali futbolchilarni topish hamda ularni jamoaga jalb qilish vazifasi yuklatildi.
Fikrlar