Svetlana Osipovadan oltin, yana ikki hamyurtimiz esa kumush va bronza medallariga ega chiqdi
Bugun Mo'g'uliston poytaxti Ulan-Bator shahrida taekvondo WT bo‘yicha Osiyo chempionatining ko‘rugi yo‘nalishidagi bahslari start oldi. Dastlabki kun O‘zbekiston terma jamoasi 1 tadan oltin, kumush va bronza medallariga sazovor bo‘ldi. Oltin medalni jamoamizga Olimpiada sovrindori Svetlana Osipova taqdim qildi.
Oltin medal:
+73 kg: Svetlana Osipova
Kumush medal:
+87 kg: Marat Mavlonov
Bronza medal:
-54 kg: Jahongir Xudoyberdiev
Bu haqida MOQ xabar bermoqda.

Fikrlar