
Taekvondo. Rashitov hamda Jaysunov bronza medalini qo‘lga kiritdi
Xitoyning Tayyuan shahrida o‘tayotgan taekvondo WT bo‘yicha Gran-pri turnirining ikkinchi kun bellashuvlari yakuniga etmoqda. Quvonarlisi, O‘zbekiston terma jamoasi bugun 2 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Yarim finalgacha etib kelgan Ulug‘bek Rashitov (-68 kg) hamda Jasur Jaysunov (-80 kg) shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy olishdi. Har ikki sportchimiz final ostonasida janubiy koreyalik raqiblariga imkoniyatni boy berishdi.
Shuningdek, bugun Feruza Sodiqova, Niyoz Po‘latov va Shuhrat Salaev kabi sportchilarimiz o‘z janglarini o‘tkazib, mag‘lubiyatga uchradi.
Fikrlar