Taekvondo. Terma jamoa a’zolari jahon chempionatiga tayyorgarlikni boshlab yubordi

CHERY AUTO

13-20 noyabr kunlari Meksikaning Gvadalaxara shahrida taekvondo WT bo‘yicha XXV jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Pavel Xan boshchiligidagi terma jamoamiz ushbu musobaqaga tayyorgarlikni “Universal” sport majmuasidagi yig‘in orqali boshladi. 

Tecno

MOQ matbuot xizmatining xabar berishicha, yig‘inga Ulug‘bek Rashitov, Nikita Rafalovich, Svetlana Osipova kabi 21 nafar sportchi jalb qilingan. Mashg‘ulotlarda jismoniy tayyorgarlikka alohida ahamiyat qaratilmoqda. Dunyo birinchiligiga tayyorgarlik doirasidagi ushbu yig‘in 15-oktyabrga qadar davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!